"Navruz bog'i" MChJ da «ISO 9001:2015
"Navruz bog'i" MChJ da «ISO 9001:2015 xalqaro standartining tamoyillari» mavzusida seminar o‘tkazildi
Seminar davomida ISO 9001:2015 xalqaro standartining asosiy tamoyillari va talablari, shuningdek, sifat menejmenti tizimini samarali tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Seminar doirasida:
sifat menejmenti tizimining asosiy tamoyillari ko‘rib chiqildi;
Sifat menejmenti tizimining asosiy jarayonlari batafsil tahlil qilindi;
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha SOP (standart operatsion protseduralar) tahlil qilindi;
jarayonlar samaradorligini oshirish va sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy yondashuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, jarayonlar, hujjatlashtirilgan protseduralar va xalqaro standart talablari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratildi. Sifat — bu nafaqat standartlarga muvofiqlik, balki jarayonlarni doimiy ravishda takomillashtirishdir.
← Барча хабарлар
