MBM va Vitamia loyihalarini boshqarish
Anhor Evolution kompaniyasi 2024–2025 yillar davomida MBM va Vitamia loyihalarini boshqarish orqali boy boshqaruv tajribasiga ega bo'ldi.
Bugungi kunda kompaniya portfeliga rekreatsiya, sport, xizmat ko'rsatish va savdo yo'nalishlaridagi qator loyihalar kiradi: Anhor Park, Lokomotiv Alpine Land, Axelon Karting, Navro'z bog'i, Anhor Floral, Temurxan, Lokomotiv sport majmuasi hamda Upscale Solution. Kompaniya ushbu loyihalarning strategik va operatsion boshqaruvini to'liq amalga oshirib kelmoqda.
Bundan tashqari, 2025 yildan buyon omborxona (logistika) loyihasi ham Anhor Evolution boshqaruvida faoliyat yuritmoqda.
Bizning yondashuvimiz nazariyaga emas, o'z loyihalarimizda sinovdan o'tgan amaliy yechimlarga asoslanadi. Shu sababli hamkorlarimizga natijaga yo'naltirilgan, real sharoitda ishlaydigan boshqaruv modelini taklif eta olamiz.
← Maqolalar / Blog
